O‘zbekistonda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga ajratilgan mablag‘lar 3 baravar oshgan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga ajratilayotgan mablag‘lar 3 karra oshgan. Bu haqda bugun, 12 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan rejlashtirilgan yig‘ilishida so‘z bordi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod yangi maxsus texnikalar xarid qilingan. Buning hisobiga 65 ming kilometr yo‘llar qurilgan hamda ta’mirlangan.

Shuningdek, joriy yilning o‘zida 470 ta mahallada ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlariga 410 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 3 mingga yaqin mahalla yo‘llariga ilk bor asfalt yotqizilgan, yana 2 mingta mahalladagi tuproq yo‘llar shag‘al qoplamaga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 7 oyi davomida 6,1 mlrdlik yo‘llar “qo‘l uchida” ta’mirlangani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev yo'llarni qurish va ta'mirlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made