Mahkumlarning qiynoqqa solingani haqida qancha shikoyat tushgani aytildi
Jamiyat
−
16 noyabr 2023
54362023 yilning 10 oyida Ombudsmanga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ozodligi cheklangan hamda yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilgani yuzasidan 147 ta shikoyat kelib tushgan. Bu haqda Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.
"Qiynoq va bosimlar haqidagi shikoyatlarning 28 tasi bevosita monitoring tashriflari davomida amalga oshirilgan yakka tartibdagi qabullarda, 23 tasi yopiq muassasalardagi "Ombudsman qutisi" orqali, 46 tasi penitensiar muassasalar ma’muriyati va mahbus(mahkum)larning yaqin qarindoshlari tomonidan pochta aloqasi xizmati orqali, 22 tasi Ombudsman va uning mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirilgan shaxsiy qabullar paytida, 22 tasi elektron murojaat tarzida va 6 tasi Ombudsmanning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan", deydi Fotima Madrahimova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Unga ko‘ra, ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 21 ta xabarlar o‘rganilib, bu bo‘yicha munosabat bildirilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 4 ta taqdimnomasi kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ombudsman BMT ekspertlarining qamoqxonada Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan tahdid, haqorat va g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘linayotgani haqidagi bayonotiga javob bergandi.
LiveBarchasi