O‘zbekistonda qamalganlar soni 4 yil ichida 2,5 baravarga oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019 yildan 2022 yilga qadar sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilinganlar soni qariyb uch baravarga oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu bo‘yicha statistika ma’lumotlari Oliy sud tomonidan taqdim etildi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda turli ayblovlar bilan 6955 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilingan. Shu yili ozodlikdan mahrum qilinganlarning eng katta ulushi Toshkent shahriga (1521 nafar) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng kam miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

2020 yilga kelib mamlakat bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilinganlar soni qariyb 2,2 foizga ortib, 7107 nafarga yetgan. O‘sha yili ham Toshkent shahri qamalganlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa mos ravishda eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.

2021 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich keskin oshgan holda (oldingi yilga nisbatan 81,1 foiz) 12 ming 922 nafarga yetdi. Hududlar kesimida olib qaralganda o‘sish darajasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati birinchi bo‘lgan – 132 foiz. Bundan tashqari, shu yili Namangan (125 foiz) va Andijon (110 foiz) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (114 foiz) ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 2020 yilga nisbatan qariyb ikki baravardan oshgan.

O‘tgan yili esa mamlakat miqyosida ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 2021 yilga nisbatan yana 36,2 foizga ortib, 17 ming 610 nafarni tashkil qilgan. Hududlar bo‘yicha shu yili Qoraqalpog‘iston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 2021 yilga nisbatan 61,4 foizga ortgan. Shuningdek, Qashqadaryo (55,9 foiz ), Namangan (55,2 foiz) va Navoiy (47 foiz) viloyatlarida qamalganlar sonining o‘sishi mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan yuqori bo‘lgan.

Oliy sud statistikasiga ko‘ra, shu yilning dastlabki choragida 4007 nafar odam ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qamalganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing