O‘zbekistonda ishsizlik darajasi pasaydi
Jamiyat
−
02 noyabr
2805Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi respublikada 2024 yilning boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
2024 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining 15 million 89 ming nafari (41 foiz) iqtisodiy faol, ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi. Shundan, 14 million 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
Xususan:
- rasmiy sektorda – 6,8 million (48 foiz);
- norasmiy sektorda – 5,5 million (38,8 foiz);
- xorijda ishlayotganlar – 1,9 million (13,6 foiz).
Shu bilan birga, bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 mln 24 ming nafar edi). Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishganda, O‘zbekistonda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qilishi, bu yil yana 2 million 400 ming aholi mehnat bozoriga kirib kelishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi