O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga olishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati “Jurabek Laboratories” kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rozilik berdi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov 20 avgust kuni imzo chekkan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Hujjatda “Jurabek Laboratories” kompaniyasi “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” Xitoy kompaniyasi bilan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgani qayd etilgan. Dastlabki bosqichda xitoylik hamkorlar vaksina substansiyasini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqayotgani aytilgan.

Bundan tashqari, “Jurabek Laboratories” Rossiya kompaniyasi bilan “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga ham erishgan. Uning ham dastlabki bosqichda substansiyasi Rossiya tomonidan yetkazib berilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi O‘zbekistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi

Joriy yil fevral oyida O‘zbekistonda foydalanish uchun sertifikatlangan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish to‘g‘risida Rossiya va O‘zbekiston rasmiylari may oyida kelishib olgandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan suhbatda ham ushbu mavzu tilga olingan

Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq shahrida bo‘lganida “Jurabek laboratories” qo‘shma korxonasiga ham tashrif buyurgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga kelib, “Sputnik V” vaksinasi umumiy aholisi 3,7 milliarddan ortiq bo‘lgan 69 mamlakatda ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing