O‘zbekistonda ish joylaridagi o‘limlar soni 156 taga yetdi
Jamiyat
−
10 avgust 291 1 daqiqa
2026 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisalarning 24 tasi guruhiy, 372 tasi og‘ir oqibatli, 132 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.
Qayd etilishicha, hisobot davrida jami 580 nafar fuqaro jabrlangan. Ularning 402 nafari og‘ir, 22 nafari yengil tan jarohati olgan, 156 nafari esa vafot etgan.
Shuningdek, baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga bir martalik hamda oyma-oy to‘lovlar ko‘rinishida jami 11 milliard 379 million so‘m undirib berilgan.
Taqqoslash uchun, 2025 yil davomida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Ularda 961 kishi jabrlangan, 248 nafari halok bo‘lgan.
Demak, 2026 yilning dastlabki 7 oyida qayd etilgan baxtsiz hodisalar soni o‘tgan yilgi yillik ko‘rsatkichning qariyb 62 foizini, o‘limlar esa 63 foizini tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 447 ta baxtsiz hodisa qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi