O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyasi ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

Tijorat banklari balansida ipotekadan qaytishi kerak bo‘lgan mablag‘larni aktiv sifatida ishlatib, ipoteka obligatsiyasini chiqarish orqali qo‘shimcha 10 trillion so‘m resurs jalb qilish mumkin. Bu haqda bugun, 5 aprel kuni Prezident raisligida 2023 yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda mutasaddilarga ikki oy muddatda “Ipoteka obligatsiyasi to‘g‘risida” qonun loyihasini kiritishga ko‘rsatma berildi.

Bu sohadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida 2023 yilda:

  • tijorat banklariga 31 ming oilaga uy-joy ipotekasi uchun 9 trillion so‘mlik resurs yo‘naltirish;
  • dastlabki badal uchun va foizlarni qoplashga 1,6 trillion so‘m subsidiya ajratish;
  • ipoteka kreditiga resurs berish va qurilish korxonalarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun 100 million dollar va 1 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish;
  • yana 20 ming oilaga banklar hisobidan 5,7 trillion so‘m ipoteka krediti ajratilishini ta’minlash; 
  • 10 ming aholiga o‘zining hovlisini kengaytirish yoki qo‘shimcha qurilish qilish uchun 1,5 trillion so‘m kredit ajratish ko‘zda tutilgan.

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali aholiga 5,5 mingta xonadon sotib olishlari uchun qo‘shimcha 1,7 trillion so‘m kredit resurslari yo‘naltirish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

ipoteka Tijorat banklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing