O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi qanchaga o‘sgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
01 Sentyabr 2023 12767 1 daqiqa
O‘zbekistonda yakunlangan avgust oyida tovarlar va xizmatlarning narxi qisman oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Iyul oyida esa iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Inflyatsiyaning bu ko‘rsatkichi yil boshidan buyon 3,8 foizga o‘sishni tashkil etadi. Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi esa 9,0 foizga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oziq-ovqat uchun eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan mamlakatlar ro‘yxatida o‘ntalikka kirdi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr