O‘zbekistonda ilk bor viloyat hokimi qarorni elektron qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevral kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor viloyat hokimining rasmiy qarori elektron raqamli imzo orqali birorta qog‘oz ishlatilmasdan “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilindi. Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga tegishlidir. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri “E-qaror” tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.

Qayd etilishicha, “E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvi shaffoflashishiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo‘lishini oldlini olishga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari uchun asossiz xarajatlarni keltirib chiqaruvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan normalarni o‘rnatilishini oldini olishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing