O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 milliondan beriladi
Jamiyat
−
02 may 2023
9204Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 18 million so‘mdan berilishi belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekistonning respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi qayd etildi.
Farmon ijrosini nazorat qilish esa Bosh vazir Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda urush qatnashchilariga 3200 dollardan berilishi ma’lum qilingandi.