O‘zbekistonda ikkinchi ayol hokim ish boshladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 fevral kuni Buxoro viloyati, Olot tumani faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Buxoro viloyatining yangi hokimi Karim Kamolov, O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etgan.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yildan buyon Olot tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, so‘nggi kunlarda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nargiza Isomiddinovna Ne’matova Olot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Bu O‘zbekistonda hokim sifatida tayinlangan ikkinchi ayol kadr hisoblanadi. Bundan avval Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani hokimi etib Uralova Dilfuza Djumanovna tayinlangan edi

Avvalroq, Olot tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Sherali Salomov Qorako‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

457

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing