O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni tiklash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi

Jamiyat

image

2020-2021 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. 

Amaliy harakatlar rejasi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

•    1-bosqich – 2020 yil oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, tegishli chora-tadbirlarning bajarilishi natijasida yalpi ichki mahsulotning o‘sish ko‘rsatkichi 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5 foiz)ni tashkil etishi kutilmoqda.

•    2-bosqich – 2021 yilda amalga oshirilib, 5–5,5 foiz barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan, 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralarni o‘z ichiga oladi.

Amaliy harakatlar rejasiga muvofiq, 2020 yil oxirigacha bank sektorida ko‘riladigan asosiy chora-tadbirlar, jumladan, quyidagilardan iborat:

•    majburiy zaxiralash shartlarini qayta ko‘rib chiqish orqali tijorat baknlariga 2,2 trln so‘m qo‘shimcha likvidlik berish;
•    koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan korxonalarni 2020 yil 2-yarmida 17 trln so‘m miqdorida aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash.

Aholi bandligini ta’minlash sohasidagi chora-tadbirlar doirasida 2020 yil yakuniga qadar, jumladan:

•    “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar ishsizlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi;
•    301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi;
•    53,6 ming kishi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik hamda tikuvchilik kooperativlarida a’zolik uchun subsidiyalakr bilan ta’minlanadi;
•    42,8 ming kishi bepul tarzda kasb-hunarga o‘qitiladi. 

Qaror bilan shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiyot

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing