O‘zbekistonda Ignatiy Nesterov darvozabonlar maktabi faoliyat boshladi

Sport

image

O‘zbek futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri Ignatiy Nesterov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) bilan hamkorlikda darvozabonlar uchun mahorat maktabi tashkil etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mahorat maktabidagi mashg‘ulotlarda 8 yoshdan boshlab yosh tarbiyalanuvchilar ishtirok etmoqda. Tajribali posbonlar tomonidan bolalarga darvozabonlar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar berilmoqda. Shuningdek, yosh posbonlarga to‘p bilan ishlash, to‘g‘ri pozitsiya tanlash, reaksiya va birga bir vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha muntazam tavsiyalar berib boriladi.

“Bugungi kunda futbolimizda yuqori mahoratli darvozabonlar yetishmasligi kuzatilmoqda. Muhim uchrashuvlarda bir qancha darvozabonlarimiz xatoga yo‘l qo‘yishi holatlari uchrab turibdi. Shu sababli yurtimiz va xalqaro maydonda yuqori natijalar qayd etgan futbolimiz afsonalarining yosh avlod bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishi muhim”, deyiladi manba xabarida.

Ma’lumot uchun, Ignatiy Nesterov faoliyati davomida O‘zbekistonning bir qator klublari darvozasini qo‘riqlagan. Uning oxirgi jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubi bo‘ldi. 40 yoshli posbon O‘zbekiston terma jamoasi safida yuzdan ortiq o‘yinlarda maydonga tushgan. U Osiyo kubogida eng ko‘p, 5 marta ishtirok etgan yagona futbolchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ignatiy Nesterov O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing