O‘zbekistonda gaz tranzitiga talab ortib bormoqda – Qozog‘iston

Jamiyat

image

Qozog‘iston hukumati Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitiga talab ortib borayotganini qayd etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev TASS nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Tranzitni oshirish o‘zbekistonlik hamkasblarimizning so‘rovlariga bog‘liq. Hozir ular dastlab belgilangan rejalardan biroz oshib bormoqda. Umuman olganda, biz Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitiga bo‘lgan talab ortib borayotganini qayd etmoqdamiz", deydi Satkaliyev.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabr kuni Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali tranzit qilishi kelishib olingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildan boshlab Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirayotgani haqda xabar berilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing