O‘zbekistonda Gaaga konferensiyasi Ustavi ratifikatsiya qilinadi

Jamiyat

image

2020 yil 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining  Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Qo‘mita a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Senatning ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqish nazarda tutilgan masalalar muhokama etildi. Xususan, Qo‘mita a’zolari “Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951 yil 31 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonunini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishdi.

Ta’kidlanganidek, Gaaga konferensiyasi  nufuzli xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanib, uning asosiy maqsadi a’zo davlatlarga xalqaro xususiy huquq normalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Hozirgi kunda tashkilotga 82 ta mamlakat a’zo hisoblanadi.

“O‘zbekistonning ushbu xalqaro tuzilmaning to‘laqonli a’zosiga aylanishi istiqbolda mamlakat uchun bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Xususan, xalqaro fuqarolik, oilaviy va xususiy huquqning unifikatsiyasi jarayonida Respublikaning ishtirokini, zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda huquqiy sohani yanada rivojlantirishni hamda chet elda yashovchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilinishini ta’minlaydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing