Turk razvedkasi O‘zbekistonda FETO`ning ikki a’zosini qo‘lga oldi. Ular terrorchilarni moliyalashtirgan
Olam
−
16 fevral 2021 34968 1 daqiqa
Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti O‘zbekistonda o‘tkazgan operatsiyasi natijasida Fathullohchi Gulen tashkilotining (FETO) qochqindagi a’zolari Gurbuz Sevilay va Tamer Avjini qo‘lga oldi. Turk OAV ma’lumotiga ko‘ra, ular Turkiyaga olib ketilgan.
Gurbuz Sevilay Iroq va Suriyadagi terrorchi tashkilot PKK/KCK-PYD/YPG-SDG’ni o‘q-dori, raketa, antidron, radar tizimi uskunalari bilan ta’minlashda ishtirok etgani aytilmoqda.
Turkiya Mudofaa sanoatida ishlagan Gurbuz Sevilay 2016 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin lavozimidan ozod qilingan.
Gurbuz Sevilay O‘zbekistondan turib FETO’chilarga moddiy yordam ko‘rsatib kelgan. U Turkiyada davlat tashkilotlariga sizdirilgan tashkilot a’zolarining iltimosi bilan xorijdagi noqonuniy savdolarni amalga oshirgan. Buni Ukraina va Qirg‘izistonda ochgan firmalari orqali amalga oshirgani aniqlangan.
Tamer Avji esa tashkilotga yangi a’zolar topish va ularni joylashtirish bilan shug‘ullangan. U shuningdek, FETO’ga aloqador kompanilarda ham ishlagan.
Live
BarchasiUkraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi Abu-Dabida 4–5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi – Kreml
17:12
Toshkentda bank xodimi va MCHJ mas’ul shaxslari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
16:26