O‘zbekistonda faoliyat yuritgan rossiyalik jurnalist o‘lik holda topildi
Olam
−
08 yanvar
22320Rossiyaning Rostov viloyatida jurnalist va “Rabkor” internet-jurnalining doimiy muallifi Aleksandr Ribin o‘lik holda topildi. Bu haqda jurnal muharrirlariga Ribinning do‘sti va onasi xabar bergan.
Ularga ko‘ra, jurnalistning jasadi Shaxti shahri yaqinidagi avtomagistral yaqinida topilgan. Uning o‘limi sabablari aniqlanmoqda.
Aleksandr Ribin etnograf, sayohatchi, jurnalist va siyosiy sharhlovchi bo‘lib, turli rus nashrlari bilan hamkorlik qilgan. U Rossiya va boshqa mamlakatlardagi siyosiy vaziyatga bag‘ishlangan “Rabkor” ko‘rsatuvlarida muntazam qatnashib turardi.
Aleksandr Ribin 1983 yilda Kalinin viloyatida tug‘ilgan. U dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan.
LiveBarchasi