O‘zbekistonda eng ko‘p chaqaloq qaysi hududda tug‘ilyapti?
Jamiyat
−
08 Oktabr 2022
12040O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 681 760 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 085 taga ko‘paygan.
Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan. Eng kam chaqaloq Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida tug‘ilgan.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
• Samarqand viloyati – 81882 ta;
• Farg‘ona viloyati – 74055 ta;
• Qashqadaryo viloyati – 71748 ta;
• Andijon viloyati – 63386 ta;
• Namangan viloyati – 59967 ta;
• Surxondaryo viloyati – 59702 ta;
• Toshkent shahri – 54822 ta;
• Toshkent viloyati – 54710 ta;
• Buxoro viloyati – 32640 ta;
• Xorazm viloyati – 31162 ta;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 30863 ta;
• Jizzax viloyati – 29802 ta;
• Navoiy viloyati – 19652 ta;
• Sirdaryo viloyati – 17369 ta.
Avvalroq O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatalri orasida birinchi o‘rinda ekani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi