O‘zbekistonda eng qimmat osh qayerda sotiladi?
Bu qiziq
−
01 iyun 2023
13676Joriy yilning may oyi uchun O‘zbekiston hududlaridagi osh markazlarida sotilgan palovning o‘rtacha narxlari ma’lum qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, oshning 1 porsiyasi eng qimmat bo‘lgan hudud bu Toshkent shahri bo‘lib, o‘rtacha 27 900 so‘mdan sotilgan. Eng arzoni esa o‘rta hisobda 19 200 so‘m bilan Farg‘ona viloyatida qayd etilgan.
Boshqa viloyatlar kesimida quyidagicha narxlar belgilangan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 20 800 so‘m;
- Andijon viloyati – 22 200 so‘m;
- Buxoro viloyati – 24 000 so‘m;
- Jizzax viloyati –23 000 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 23 800 so‘m;
- Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;
- Namangan viloyati – 19 800 so‘m;
- Samarqand viloyati – 24 800 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 23 800 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 22 800 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 800 so‘m;
- Xorazm viloyati – 22 400 so‘m.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15