O‘zbekistonda eng arzon go‘sht qayerda?
Jamiyat
−
29 aprel 2019
9339O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 28 aprel holatidagi narxlarini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha
Eng arzon narx “Farhod” dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi Markaziy dehqon bozorida, Qarshi shahar Markaziy dehqon bozorida, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000-40 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha
1 kg qo‘y go‘shti uchun eng arzon narx “Farhod” dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus Markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg qo‘y go‘shti 42 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi “Mirobod” dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000-20 000 so‘m.
Guruch
3 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoda, Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 dan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500-16 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7 200 so‘mdan 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg uchun 1 750 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx “Qo‘yliq” dehqon bozori va Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 5 200 so‘m.
1 kg shakar uchun respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida va Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000-5 500 so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan 700 so‘mgacha
O‘zbekiston bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farhod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan 2 500 so‘mgacha.
1 kg kartoshka uchun eng qimmat narx Buxorodagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 3 000-4 500 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 dan 17 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Bu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan boshlab (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Urganch va Jizzax shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlari, Namangan shahridagi “Sardoba” va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 800-3 500 so‘m.
LiveBarchasi