O‘zbekistonda emlanganlar sovg‘a yutib olishi mumkin

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 7 yanvar kuni O‘zbekistonga koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlandi. Shu sababli O‘zbekistonda vaksina olgan fuqarolar sonini ko‘paytirish maqsadida bonusli o‘yinlar tashkil etiladi. 

Ushbu taklifni  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov raisligida o‘tkazilgan mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, xususan, emlash jarayonlarini keng yoritish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, endilikda emlanganlar  o‘rtasida bonusli o‘yinlar tashkil etiladi. Ayni paytda mazkur tashabbus yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda hozirgacha 40 094 604 doza vaksina qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

1052

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing