O‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi oshdi
Jamiyat
−
26 fevral 2020
9311O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2020 yil yanvar oyida 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,2 foizga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Qayd etilishicha, hisobot davrida mamlakat korxonalari tomonidan 6,1 mlrd. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, yanvar oyida O‘zbekistonda 3,81 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,03 foizga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yanvar oyida avtomobil ishlab chiqarish ham ko‘paygandi.
LiveBarchasi