O‘zbekistonda ekstremistik saytlar ro‘yxati OAVda e’lon qilinadi va yangilab boriladi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2019
11855Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4 sentyabr kuni “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudga yangi vazifa yuklandi. Unga ko‘ra, endilikda sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro‘yxati Adliya vazirligi va Oliy sud rasmiy veb-saytlarida va boshqa OAVlarda e’lon qilib, yangilab boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga DXX tizimida faoliyat yuritgan Abdug‘ofur Ahmedov, rais o‘rinbosari sifatida tanilgan Nurimon Abulhasan ham ishdan olinib, uning o‘rniga Dilshod Eshnayev tayinlangan edi.