O‘zbekistonda “dom”lardagi noqonuniy qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
8555O‘zbekistonda 1 sentyabrdan ko‘p kvartirali uylardagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi. Bu haqda joriy yilning 16 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab reja grafik asosida:
- respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni;
- ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlaydi.
Aniqlangan noqonuniy konstruksiyalar va zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish holatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi