O‘zbekistonda dollar, yevro va rublning rasmiy kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 3 sentyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 270 so‘m 8 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 7 so‘m 21 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 12 231 so‘m 67 tiyinga baholanib, 126 so‘m 61 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 28 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 139 so‘m 59 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing