O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi
Jamiyat
−
23 iyul 2024 14311 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,76 so‘mga pastladi va 12 584,28 so‘mni tashkil qildi.
Shu bilan birga, yevro kursi ham 39,74 so‘mga arzonlab, 13 676,60 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa, aksincha, 0,56 so‘mga yuqorilab, 144,38 so‘mni tashkil etdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr