Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
22 yanvar 3214 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,85 so‘mga oshdi va 12 136,92 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 4,03 so‘mga balandladi va 14 191,70 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 3,6 so‘mga oshdi va 159,99 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 1,56 so‘mga ko‘tarildi va 1742,26 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 48 ming 600 so‘mga oshdi va 1 mln 943 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 22 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 12 mln 179 ming 435 so‘mga oshgan va 1 mlrd 91 mln 970 ming 829 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi