Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
20 yanvar 6449 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,58 so‘mga oshdi va 12 073,29 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 149,44 so‘mga balandladi va 14 158,35 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,47 so‘mga oshdi va 155,16 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,14 so‘mga ko‘tarildi va 1734,84 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 21 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 848 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 20 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 7 mln 901 ming 360 so‘mga tushgan va 1 mlrd 113 mln 275 ming 476 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi