Dollar kursi tushdi
Jamiyat
−
13 aprel 3087 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,49 so‘mga tushdi va 12 126,10 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 67,15 so‘mga pasaydi va 14 171,77 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,23 so‘mga oshdi va 159,11 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,33 so‘mga tushdi va 1775,13 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 10 ming 500 so‘mga tushdi va 1 mln 918 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 125 ming 176 so‘mga pasaydi va 858 mln 314 ming 658 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi