O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etyapti
Jamiyat
−
23 mart 2021 28883 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 24 martidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 496 so‘m 20 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 9 so‘m 72 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 12 482 so‘m 8 tiyinga baholanib, 12 so‘m 61 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi kechagiga nisbatan 3 so‘m 98 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 137 so‘m 79 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
Barchasi