O‘zbekistonda “Doctors community cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri o‘tkaziladi

Sport

image

O‘zbekistonda ilk bor “Doctors community cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri o‘tkaziladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. 

Bu haqda joriy yilning 25 – 30 mart kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Ukraina shifokorlarining futbol jamoalari ishtirokida o‘tadigan “Doctors Community Cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Aytish mumkinki, mamlakatning futbol bo‘yicha shifokorlar terma jamoasi bir necha yillardan beri futbol bo‘yicha shifokorlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazib kelinadigan Jahon chempionatida muvaffaqqiyatli qatnashib keladi. 

Musobaqa reglamentiga asosan, o‘yinlarda 25 yoshdan katta bo‘lgan, mutaxassisligi va fuqaroligidan qat’i nazar, shifokorlik diplomiga ega bo‘lgan xodimlar ishtirok etadi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasidan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorus, Ukraina terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Bundan tashqari, turnirga Fransiyada joylashgan Jahon sog‘liqni saqlash xodimlari Olimpiya o‘yinlari assotsiatsiyasi vakili Giyom Gassend ham taklif etilgan.

Aytish joizki, Rossiya jamoasi 40 va undan katta yoshdagi shifokorloar bilan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Shu sababli ham mazkur yosh toifasida O‘zbekiston-2 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Shu tariqa nufuzli musobaqada jami 8 ta jamoa qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning tantanali ochilish va qur’a tashlash marosimi 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorus va Ukraina jamoalari 2 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kurashadi. O‘yinlar 11.00 va 14.00da poytaxtimizdagi “Milliy ” va “Jar” stadionlarida o‘tkaziladi. Rossiya va O‘zbekiston-2 terma jamoalari esa guruh bahslarida ishtirok etmaydi. 29 mart kuni Pley-Off o‘yinlari, 30 mart kuni musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi. Turnirning tantanali yopilish marosimi soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida “Tibbiyot va sportda innovatsiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham o‘tkazilishi va unda tibbiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha shifokorlarning o‘zaro tajriba va fikr almashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mehmon jamoalarning Samarqand shahriga sayohatini tashkil qilish orqali ularga yurtimizning turistik salohiyati va imkoniyatlarini keng namoyish qilish rejalashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi Doctors community cup – Tashkent – 2019

Baholaganlar

3

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing