O‘zbekistonda davlat korxonalarini boshqarish uchun menejerlar zaxirasi shakllantiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlariga top-100 ta muvaffaqiyatli menejerlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantiriladi. Bu haqda korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, OTB, YeTTB, Fransiya rivojlanish agentligi) bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlariga (ijro organi, mustaqil a’zo) top-100ta muvaffaqiyatli menejerlardan iborat kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.

2020 yil avgust oyiga qadar kadrlar rezervini shakllantirish va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida e’lon qilish mo‘ljallanmoqda.

Mazkur vazifani amalga oshirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, xalqaro moliya tashkilotlari mas’ul etib belgilangan.

Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda muzokaralar olib borish va ularning natijalariga ko‘ra mustaqil a’zolar bo‘yicha kadrlar zaxirasini yaratish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rgangan holda Kuzatuv kengashi mustaqil a’zolari uyushmasini tashkil etish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

2020 yil sentyabr oyiga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Bundan tashqari, davlat ulushi ustun bo‘lgan korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga top-100ta muvaffaqiyatli menejerlardan iborat shakllantirilgan kadrlar zaxirasidan kamida bitta, jumladan tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy mustaqil a’zoni kiritish ko‘zda tutilgan.

2020 yil noyabr oyiga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi kompleks chora-tadbirlar, korxonalar boshqaruv organlari qarorlarini ishlab chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

menejer zaxira

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing