O‘zbekistonda chorva kooperatsiyalari tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Unda Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida chorva kooperatsiyalarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Ya’ni, imkoniyatdan kelib chiqib, 30 dan 100 boshgacha qoramoldan iborat oilaviy chorva fermalari tashkil qilinadi. Kooperatsiya ushbu tuzilmalarni ozuqa-yem, veterinariya xizmatlari va agrotexnika bilan ta’minlaydi.

Mazkur tajribaning afzalligi shundaki, oilaviy fermalar qayerdan yem va texnika olish, mahsulotni kimga o‘tkazish haqida bosh qotirmaydi. Bu ishlar bilan kooperatsiya shug‘ullanadi.

Yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va hokimliklarga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlarida kamida ikkitadan shunday chorva kooperatsiyalarini tashkil etish topshirig‘i berildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

chorvachilik kooperatsiya

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing