O‘zbekistonda chiqindidan dori vositasi ishlab chiqarish texnologiyasi kashf qilindi
Salomatlik
−
19 aprel 2023
8872O‘zbekistonda ishlab chiqarish chiqindilaridan tibbiyot uchun magniy sulfat ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi boshqarma boshlig‘i Feruza Karimova ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tibbiyot sohasida yana bir necha yangiliklar joriy qilingan. Jumladan, Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy texnik markazi “Urofloumetr UFM-01” tibbiy uskunasini ishlab chiqargan.
Bundan tashqari, akademiya mas’uli Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Dermatologiya klinik amaliyotida qo‘llash uchun lazer texnologiyalari va UB-yorug‘lik manbalari asosidagi fototerapevtik qurilmaning yangi avlodi ishlab chiqilganini aytdi.
“Mazkur fototerapevtik qurilmadan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasida hamda xususiy klinikada vitiligo va psoriaz kassaliklarining ayrim shakllarini davolashda qo‘llanildi. Olingan natijalarga ko‘ra, vitiligo bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonida repigmentatsiya kuzatilgan. Psoriaz kasalligida esa elementlarning (papula, pilakcha) erta so‘rilishi kuzatilgan”, deydi u.
LiveBarchasi