O‘zbekistonda chet el fuqarolariga yashash uchun ruxsatnoma berish muddati qisqardi
Jamiyat
−
11 yanvar 2023
8579Endilikda chet el fuqarolariga O‘zbekiston hududlarida yashash uchun ruxsatnoma berish 68 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalarni ko‘rib chiqish va berishning umumiy muddati Qoraqalpog‘iston hududida va boshqa viloyatlarda 98 ish kunidan 68 ish kunigacha, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 10 ish kunidan 8 ish kunigacha qisqartirilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida esa 128 ish kunidan 68 ish kunigacha, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 11 ish kunidan 8 ish kunigacha qisqargan.
Shuningdek, qarorda yashash uchun ruxsatnoma olish uchun arizalarni onlayn tizim orqali ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi