O‘zbekistonda Bosh arxitektor lavozimi joriy etiladi
Jamiyat
−
06 iyul 2022
6373O‘zbekiston Qurilish vazirligi tizimida Bosh arxitektor lavozimi joriy qilinib, unga vazirning birinchi o‘rinbosari maqomi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Mirziyoyev ta’kidlashicha, xorijiy ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, “genplan”lar ishlab chiqilmasa, 2030 yilga kelib infratuzilma xarajatlari 2 baravarga oshadi hamda qishloq xo‘jaligi yerlari 30 ming gektarga kamayib ketadi.
“Umuman, qurilish bilan bo‘lib, arxitektura orqada qolib ketdi. Shu bois, mahalla, tuman (shahar), viloyat va respublika darajasida qurilish va loyihalash ishlarini tartibga solish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi”, dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, hududlarning bosh rejalari va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika kengashi tuziladi. Qurilish vazirligida Bosh arxitektor lavozimi joriy qilinib, unga vazirning birinchi o‘rinbosari maqomi beriladi.
Shuningdek, tuman va shahar qurilish bo‘limiga arxitektor rahbarlik qiladi va hududning bosh arxitektori bo‘ladi. Respublika kengashiga Qurilish vazirligi Bosh arxitektori va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Viloyatlarda loyiha ofislari ochilib, ularga hokimning birinchi o‘rinbosari va viloyat bosh arxitektori bosh-qosh bo‘ladi. Bosh va master rejalarni ishlab chiqish yangicha yondashuv asosida 3 ta bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqichda Respublika kengashi hududning ixtisoslashuvi, transport-logistika, sanoat va xizmat loyihalarini joylashtirish uchun yer va infratuzilmaga ehtiyoji va chegaralarini belgilaydigan Bosh sxemasini ishlab chiqadi.
LiveBarchasi