O‘zbekistonda bir yil ichida qancha xotin-qizlar magistr darajasini oldi?
Bu qiziq
−
07 mart
3526O‘zbekistonda 2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura yo‘nalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, eng ko‘p 2 359 nafar xotin-qiz ta’lim yo‘nalishida magistr diplomini olgan. Keyingi o‘rinlar esa quyidagicha:
- san’at va gumanitar fanlarda – 1 768 nafar;
- tabiiy fanlar, matematika va statistikada – 885 nafar;
- muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalarida – 731 nafar;
- biznes, boshqaruv va huquqda – 620 nafar;
- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborotda – 543 nafar;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotda – 392 nafar;
- qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariyada – 265 nafar;
- xizmatlarda – 179 nafar;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida – 176 nafar ayol-qizlar magistr darajasini olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022-2023 o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga qabul qilingan xotin-qizlarning sohalar bo‘yicha soni qancha ekanligi haqida xabar bergan edik.