O‘zbekistonda bir kunda qariyb 500 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 17 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 242 nafarga ortib, 49 627 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

•    188 nafari Toshkent shahrida;
•    41 nafari Namangan viloyatida;
•    7 nafari Farg‘ona viloyatida;
•    6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. (erkak) hamda poytaxtlik 69 yoshli B.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 342 nafar, Toshkent viloyatida 71 nafar, Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 45 970 (+496) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 244 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing