O‘zbekistonda bir kunda 8 mlndan ortiq daraxt ekildi

Jamiyat

image

Kecha, 13 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan hashar tadbirlari davomida mahallalar, ko‘chalar va xiyobonlar, aholi xonadonlarida jami 8 088 298 ta daraxt, jumladan, 4 063 483 ta manzarali, 4 024 815 ta mevali daraxt ko‘chatlari, 4 990 207 ta gul ko‘chatlari ekildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bergan ma’umotga ko‘ra:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 7 942 ta manzarali, 6 393 ta mevali daraxt, 2012 ta gul ko‘chatlari;

•    Andijon viloyatida 239 650 ta manzarali, 329 907 ta mevali daraxt, 798 833 ta gul ko‘chatlari;

•    Buxoro viloyatida 340 493 ta manzarali, 264 172 ta mevali daraxt, 251 198 ta gul ko‘chatlari;

•    Jizzax viloyatida 88 566 ta manzarali, 50 211 ta mevali daraxt, 34 166 ta gul ko‘chatlari;

•    Navoiy viloyatida 166 868 ta manzarali, 106 872 ta mevali daraxt, 169 269 ta gul ko‘chatlari;

•    Namangan viloyatida 581 476 ta manzarali, 1 193 866 ta mevali daraxt, 926 517 ta gul ko‘chatlari;

•    Samarqand viloyatida 373 401 ta manzarali, 336 748 ta mevali daraxt, 493 856 ta gul ko‘chatlari;

•    Sirdaryo viloyatida 130 309 ta manzarali, 82 596 ta mevali daraxt, 85 430 ta gul ko‘chatlari;

•    Surxondaryo viloyatida 160 110 ta manzarali, 71 962 ta mevali daraxt, 97 708 ta gul ko‘chatlari;

•    Toshkent viloyatida 915 765 ta manzarali, 939 182 ta mevali daraxt, 1 209 622 ta gul ko‘chatlari;

•    Farg‘ona viloyatida 764 984 ta manzarali, 455 549 ta mevali daraxt, 620 280 ta gul ko‘chatlari;

•    Xorazm viloyatida 7 101 ta manzarali, 5 248 ta mevali daraxt, 2 441 ta gul ko‘chatlari;

•    Qashqadaryo viloyatida 303 095 ta manzarali, 151 862 ta mevali daraxt, 195 903 ta gul ko‘chatlari;

•    Toshkent shahri bo‘yicha 33 721 ta manzarali, 30 247 ta mevali daraxt, 100 971 ta gul ko‘chatlari ekildi.

Mavjud 7 771 876 ta daraxt oqlanib, ularga turli shakllar berilgan.

“Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida mahallalardagi turar-joy mavzelari va ko‘chalarga tashabbuskor fuqarolar tomonidan qo‘shimcha ravishda 30 tupdan daraxt ko‘chatlari ekilgan hamda mavjud daraxtlar oqlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

hashar

Baholaganlar

26

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing