Andijonda institut xodimlarining maoshi shanbalik uchun “kesildi”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari tomonidan ularning oylik ish haqidan shanbalik uchun pul mablag‘lari ushlab qolinayotganligi mazmunida xabar keng tarqaldi. Adliya vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2021 yil 15 sentyabrdagi buyrug‘i bilan xodimlarning ish haqlaridan pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda shanbalik uchun ushlab qolish belgilanganligi aniqlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq, mehnat haqidan ushlab qolishga xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Biroq, institut rektorining yuqoridagi buyrug‘iga asosan 743 nafar xodimlarning sentyabr oyi uchun oylik ish haqidan 100—300 ming so‘mdan jami 150 mln so‘m mablag‘lar avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan ushlab qolingan bo‘lib, shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz pul mablag‘lari ushlab qolingan.

O‘rganish natijasida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarilgan hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institutning mansabdor shaxslari intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

ADTI xodimlarining maoshidan ushlab qolingani haqidagi xabarlarga institut ham munosabat bildirgandi. Unda ma’muriyat bu ma’lumotlarni butkul rad qilgandi.

"2021 yil 21 avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi, lekin institut xodimlarining birortasining ish haqidan olib qolingan emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabar asossiz bo‘lib, feyk xabar hisoblanadi. Institutda biror xodim majburiy mehnatga jalb etilmaydi va ularning roziligisiz biror tadbir uchun oylik maoshlaridan ushlab qolinmaydi", deyilgan institut xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi hashar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing