Navro‘zda umumxalq sayillari va hasharlari o‘tkaziladi
Jamiyat
−
04 mart
82602024 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Prezident tomonidan imzolangan qarorda keltirilgan.
Unga ko‘ra, joylarda Navro‘z umumxalq bayramining barcha tadbirlari milliy qadriyat va an’analar hamda zamonaviy tajribalar asosida yuqori saviyada, ommaviy sayillar shaklida tashkil etiladi. Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari o‘tkaziladi.
Shuningdek, 2024 yilgi Navro‘z bayrami ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillari, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari har tomonlama e’zozlanadi. “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi.
Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, respublikaning barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.
Qarorda bayram tadbirlari davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, kitob ko‘rgazmalari, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, ko‘chma savdo do‘konlarini tashkil etish, ko‘klam taomlarini tayyorlash hamda ularning ko‘rgazma-savdolari va tanlovlarini uyushtirish ham belgilab qo‘yilgan.
LiveBarchasi