O‘zbekistonda benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 mart kunidan e’tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. Ushbu yoqilg‘ining narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirilib, 29 aprel kunidan boshlab uning narxi 5500 so‘m qilib belgilandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

“AYOQSHlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin”, deyiladi "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, "O‘zbekneftgaz" AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab, ushbu AYOQSHlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

yoqilg'i

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing