O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqariladimi? “O‘zavtosanoat” AJ izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 dekabr kuni ba’zi mahalliy internet saytlarida O‘zbekistonda “Bentley” kompaniyasining elektromobillari ishlab chiqarilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarda “O‘zavtosanoat” aksionerlik jamiyati Buyuk Britaniyaning “Bentley” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yildan boshlab yangi elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib borayotgani aytilgan.

Shuningdek, 2025 yilga borib ushbu brend ostida olti xil gibrid elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkinligi aytilgan.

Mazkur xabarlar qanchalik haqiqatga yaqinligini bilish uchun “O‘zavtosanoat” AJ Matbuot kotibi Zumrad Shajalilova bilan bog‘landik.

Kompaniya vakili O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.

“Axborot noto‘g‘ri. Biz tasdiqlamaymiz”, dedi kompaniya Matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, “Bentley” Buyuk Britaniyaning "lyuks" klassdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaga 1919 yilda asos solingan.


Maqola muallifi

Teglar

Bentley elektromobil

Baholaganlar

799

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing