O‘zbekistonda bayram arafasida 14 nafar mahkuma ozodlikka chiqarildi

Jamiyat

image

Oliy sudda jazoni ijro etish muassasalarida og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 16 nafar mahkuma ayolning kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida har bir ayolning kassatsiya tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil o‘rganildi.

Mahkuma ayollar jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jazoni o‘tash jarayonida o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani e’tiborga olindi.

Sudda ishi ko‘rilgan Sh.Suvonova aslida 2025 yil 9 sentyabrda ozodlikka chiqishi kerak edi. U Tojikistondan giyohvandlik moddasini kontrabanda yo‘li orqali olib kelishga buyurtma berib, keltirilgan 9,6 kilogrammdan ziyod “opiy”ni xonadoni yerto‘lasiga yashirib qo‘ygan. 

Jazoni ijro etish muassasasida bunday jinoyat sodir qilgan shaxslarga qilmishlarining oqibati tushuntirilib, zarur tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqargan shaxslargina muddatidan oldin ozodlikka chiqarilishi uchun tavsiyalar berilgan.

Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lgani, yoshi hamda kafolat xatlari inobatga olinib, 14 nafar ayolning tayinlangan jazolari yengillashtirilib, jazodan ozod qilindi. Ular oilasi, yaqinlari bag‘riga qaytdi. Shuningdek, 2 nafar mahkuma ayolga tayinlangan jazolar yengillashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing