O‘zbekistonda bankomatlarning komissiya to‘lovi oshdimi? 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bugundan boshlab bankomatlardan naqd pul yechib olishda 1 foizlik komissiya puli 1,5 foizga oshgani haqida xabarlar va buni “isbotlovchi” “O‘zsanoatqurilishbank”ga tegishli bankomatdan pul yechilgani tasvirlangan rasm tarqaldi. QALAMPIR.UZ bunga aniqlik kiritish maqsadida Markaziy Bank matbuot kotibi Akmal Nazarov bilan bog‘landi. 

"Ushbu xabar hech qanday asosga ega emas. Odatda xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul yechib olingandagina, komissiya to‘lovi nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin", deydi Akmal Nazarov. 

“O‘zsanoatqurilishbank” Axborot xizmati ham vaziyatga munosabat bildirdi. 

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahalliy (Uzcard, Humo) kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro to‘lov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi. Ushbu tariflar “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2023 yil 26 avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan”, deyiladi xabarda.

QALAMPIR.UZ bankomatlarning komissiya pulini tekshirib ko‘rdi va u o‘zgarmagani, oldingidek 1 % ekanining guvohi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

bankomat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing