Surxondaryoda bankirlar bankomat pulini o‘mardi
3-sahifa
−
10:36 5081 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida bankomatlarga ajratilgan pulni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq sho‘’ba mudiri T.S. o‘ziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln so‘mni, shuningdek nazoratchi kassiri S.N. 132,8 mln so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nufuzli bankning mansabdori 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi