O‘zbekistonda avtomobil importi va ishlab chiqarish keskin oshib, eksport deyarli to‘xtadi
Jamiyat
−
06 may 2022
103582022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 68 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 24451 taga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobil eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Shu bilan birga O‘zbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan. Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.
LiveBarchasi