O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2020
10180O‘zbekistonda 2020 yilning o‘tgan 9 oyida 217 771 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 2019 yilning shu davrida 186 432 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida hisobotida ko‘rsatilgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida 59 252 dona Cobalt, 52 689 dona Nexia T-250, 39 960 dona Lacetti-Gentra, 39 631 dona Damas, 19 980 dona Spark hamda 6 259 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.
Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 4 028 dona, 2020 yilda - 2 936.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2020 yilda - 174,5 ming dona dvigatel chiqarilgan, 2019 yilda esa 140,2 mingta.
2020 yil yanvar-sentyabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etdi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,7 foizga kamaygan.
LiveBarchasi