O‘zbekistonning yengil avtomobil importi sezilarli kamaydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.

2021 yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

•    Xitoy – 3 751 ta
•    Koreya – 3 187 ta
•    Rossiya – 2 589 ta
•    Qozog‘iston – 1 330 ta
•    Polsha – 386 ta 
•    Litva – 312 ta
•    Tailand – 250 ta 
•    AQSH – 238 ta
•    Germaniya – 70 ta
•    Yaponiya – 56 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln. AQSH dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

import avtomobil'

Baholaganlar

201

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing