O‘zbekistonda asosiy stavkani o‘zgartirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi
Jamiyat
−
13 iyun
7162Bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, asosiy stavka davlat va tijorat banklaridan kredit olish, omonat joylashtirish foizlarini belgilash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni banklar Markaziy bank belgilagan asosiy stavkadan kelib chiqqan holda kredit va depozit foizlarini belgilaydi.
O‘zbekistonda asosiy stavka 2023 yilning mart oyidan beri o‘zgarishsiz, 14 foizlik ko‘rsatkichda saqlanib kelmoqda.
LiveBarchasi